“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi muhokama qilindi
22.01.2025
/
185
Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati Sanjar Sobirjonov tomonidan «AKFA ASSEMBLY» MCHJga qarashli "IMZO" kompaniyasida “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili"da amalga oshirishga oid Davlat dasturi loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan uchrashuv tashkil etildi.
Unda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Toshkent shahar Kengashi vakillari, partiyadan saylangan mahalliy Kengash deputatlari hamda korxona mutasaddilari ishtirok etdi.
Ijtimoiy va ekologik barqarorlikka erishishga doir qator rejalar o‘rin olgan ushbu dastur atrof-muhit sofligini asrash va aholi farovonligini oshirish borasida muhim qadam ekanligi ta’kidlandi.
O'zbekcha
Русский
English