O‘TGAN YILI 404,4 MLN DOLLAR XORIJIY INVESTISIYA VA KREDITLAR O‘ZLASHTIRILGAN
Yunusobod tumani hokimi B.Abduvaliyev boshchiligida 2024-yilda hududiy investitsiya dasturi ijrosini ta’minlash, import o‘rnini bosuvsi eksportbop mahsulot ijlab chiqarish hajmini oshirish, ish o‘rinlarini yaratish maqsadida xorijiy investitsiyalar tarmoqlarga jalb qilindi.
E’tibor bering, o‘tgan yili tumanda 46 ta investitsion loyihani ishga tushirish natijasida 236,1 mln.doll investisiyalar o‘zlashtirilib, 2 375 ta yangi ish o‘rinlari yaratish belgilangan. Amalda 54 ta loyiha ishga (117,3%) investision loyiha ishga tushirilishi natijasida jami, 2 475 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi. Ularning qiymati 246,4 mln.doll tashkil etdi.
Endi joriy yilda amalga oshiriladigan rejalarga qaratamiz. Tumanda 2025 yilda 43 ta investision loyihani ishga tushirish natijasida 231,0 mln.doll investisiyalar o‘zlashtirilib, 2 457 ta yangi ish o‘rinlari yaratish belgilandi. Ayni paytda tuman hokimi boshchiligida ishlar tizimli olib borilmoqda.
Davlat investisiya dasturi (xususiy sektor ishtirokida):
Yunusobod tumanida Davlat investisiya dasturida 11 ta loyihalar tasdiqlangan bo‘lib, ularning umumiy qiymati 1 003 mln.doll tashkil etadi. 2024 yilda jami 401,0 mln.dollar xorijiy investisiyalar o‘zlashtirilishi belgilangan. Amalda esa 404,4 mln dollar xorijiy investisiya va kreditlar o‘zlashtirildi va reja 100,9 foizga bajarildi. 2025 yilda 6 ta investision loyihani ishga tushirish natijasida 405,0 mln.doll investisiyalar o‘zlashtirilishi bo‘yicha dastlabki rejalar belgilandi.
Yunusobod tumani hokimi boshchiligida 2025 yilda 500 mln.doll xorijiy investisiyalarni o‘zlashtirishni marra qilib olindi. Albatta bu ko‘rsatgichlarni ta’minlash oson bo‘lmaydi. Ayni paytda hokimlik tizimidagi barcha mutasaddilar bir maqsad atrofida, fidoiylik bilan ishlarni tashkil qilib, belgilangan ko‘rsatgichlarga erishishga hozirlik ko‘rilib, ishlar allaqachon boshlab yuborgan.
O'zbekcha
Русский
English