OTA-ONA FARZANDLARINING KONTRAKT TO‘LOVI UCHUN TO‘LAGAN PULLARIDAN DAROMAD SOLIGʻI USHLANMAYDI

20.02.2025 / 142

Soliq kodeksining 378-moddasiga asosan ota-ona O‘zbekistondagi professional va oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan farzandlarining kontrakti uchun to‘lagan pullaridan daromad solig‘i undirilmaydi.

Bundan tashqari, ushbu imtiyozdan quyidagilar xam foydalanishi mumkin:

 fuqaro o‘zining kontraktini to‘laganida;

 er-xotinlar 26 yoshga to‘lmagan turmush o‘rtog‘i kontraktini to‘laganida. Shuningdek, mazkur imtiyoz soliq to‘lovchining professional va oliy ta’lim tashkilotlarida o‘qish uchun tijorat banklari tomonidan ajratilgan ta’lim kreditlarini (foizlari bilan qo‘shgan holda) qoplashga yo‘naltirilgan daromadlariga nisbatan ham qo‘llaniladi.

 Mazkur imtiyozdan foydalanish shartlari va ushbu imtiyoz doirasida to‘lab bo‘lingan ortiqcha soliq summalarini qaytarib olish talablari bo‘yicha kimda qo‘shimcha savollar bo‘lsa quyida bizga yozib qoldirishlari mumkin!

Powered by GSpeech