O‘quvchilarga oltin va kumush medallar topshirildi

24.06.2025 / 177

    Yunusobod tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi umumta’lim maktablari bitiruvchilarini oltin va kumush medallar bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
 Ayni paytda tumanda 43 ta davlat va 13 ta nodavlat umumta’lim maktabi faoliyat yuritib, 2024/2025-o‘quv yili yakunida umumiy hisobda 5252 nafar o‘quvchi maktabni yakunladi.
   Ularning 193 nafari oltin va kumush medallarga sazovor bo‘ldi. Jumladan 161 nafar bitiruvchi — oltin medal,
32 nafar bitiruvchi — kumush medal sohibiga aylandi.
  Bitiruvchilarning katta qismi 1385 nafar yosh muddatidan oldin turli oliy ta’lim muassasalariga talabalikka qabul qilindi. Ulardan 234 nafari xorijiy OTMlarga, 1059 nafari nodavlat OTMlarga, 92 nafari esa davlat OTMlariga qabul qilingan.
  Xorijiy til sertifikatiga ega bo‘lgan bitiruvchilar — 792 nafarni tashkil etmoqda. Bu esa tumandagi ta’lim sifati va zamonaviy talablarga mos yetuk kadrlar tayyorlanayotganini ko‘rsatadi.

Powered by GSpeech