OILALARNI KAMBAGʻALLIKDAN CHIQARISH BO‘YICHA CHORALAR KO‘RILMOQDA
Yunusobod tumani hokimi B.Abduvaliyev, "Sharq xaqiqati" MFY, Xasanboy 5-tor, 80-Uyda istiqomat qilayotgan Zebi Xotamovaning xonadoniga ham tashrif buyurib, oilaning ijtimoiy ahvoli bilan atroflicha tanishdi. Fuqaro hozirgi kunda nafaqada. Muloqot mobaynida uning turmush o‘rtog‘i vafot etganligi, xonadonida 4 ta oila jami, 15 nafar fuqarolar istiqomat qilishi, oila boquvchilari doimiy daromad manbaiga ega emasligi, oila a’zolarida mehnatga layoqatsiz va vaqtincha ishsizlar mavjud ekanligi hamda nabirasi o‘qishining kontrakt summasini to‘lashga qiynalayotganligi aniqlandi.
Xonadon egalari bilan suhbatda ularning kasbiy ko‘nikmalari, qiziqishlari o‘rganildi. Oila a’zolarining ba’zilari tikuvchilik, hunarmandchilikka uquvi bor. Shu boisdan kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan oilalar farzandlari ta’lim olishlari uchun imkoniyatni kengaytirish choralarini ko‘rish hamda ushbu xonadonni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.
O'zbekcha
Русский
English