Oilalarda profilaktik suhbat o‘tkazildi
Yunusobod tumani “Mehnatobod” MFYda IIB FMB XQB profilaktika inspektori D.Sidiqova, xotin-qizlar faoli M.Azimova tomonidan o‘zlariga biriktirilgan ma’muriy hududlarda oilaviy nizolarning oldini olish bo‘yicha tadbir o‘tkazildi. Unda oilalarda yuzaga kelgan nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish, ma’naviy-ahloqiy muhitni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.
Profilaktik suhbatlarda fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish borasida aholi o‘rtasida targ‘ibot-tushuntirish ishlarini olib borildi.
Shuningdek, oiladagi zo‘ravonlikdan jabrlangan hamda oila-turmush sohasida huquqbuzarlik sodir etishga moyil bo‘lgan, bunday huquqbuzarlikni sodir etgan shaxslar bilan “xonadonbay” tizimi asosida tarbiyaviy profilaktik ishlarni amalga oshirilmoqda.
O'zbekcha
Русский
English