OILALAR BARQAROR DAROMADGA KIRMOQDA
Yunusobod tumanida oddiy uy sharoitida gul biznesi bilan shug‘ullanish tomorqachilar orasida ancha ommalashdi.
Masalan, «G‘ayratiy» MFY, G‘ayratiy ko‘chasi, 1-uyda istiqomat qilib kelayotgan Zamonbekovlar oilasi o‘z hovlisida lola gul yetishtirishi bilan shug‘ullanadi. Uch nafar aka-ukalarning oilasi gul yetishtirish bilan band, ayollari esa gul savat yasaydi. Qushnilaridan 20 nafarini ish bilan ta’minlagan. 3 nafar shogirdlari oliy o‘quv yurtiga o‘qishga kirgan.
Gulchilik faoliyatidan qilingan foyda chakki emas, naqd 20 mlndan ortiq. Qarang-a, bir parcha yerdan kelgan foydaning o‘zi yil bo‘yi ro‘zg‘or butligini binoyidek ta’minlamoqda.
Qilingan mehnat, sa’y-harakatlar evaziga qo‘lga kiritilgan sarmoya oila farovonligini ta’minlabgina qolmasdan, boshqa orzu-havaslarini amalga oshirishga ham turtki bo‘lmoqda.
Yoshlarda ham ishbilarmonlik ko‘nikmasi shakllanayapti, suyagi foydali ishda qotayapti. Bugun mahallada bu oiladan o‘rnak olayotan xonadonlar talaygina.
O'zbekcha
Русский
English