OILA-MUQADDAS DARGOH
Yunusobod tumani hokimligida Yunusobod tumanida istiqomat qiluvchi ajrim yoqasiga kelib qolgan nizoli oilalar ishi ko‘rib chiqildi.
Nizoli holatlarni bartaraf etishda mediatorlar sifatida Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi ma’sul xodimi Z.Iskandarova, tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i D.Muhsimova, tuman Imom-hatibi, otinoyi va boshqa xodimlar taklif etildi.
Ajralish yoqasiga kelib qolgan oila vakillari bilan suhbat olib borilib, kelishmovchilikning sabab va omillari so‘raldi. Taraflarga oilaviy qadriyatlar mustahkamligi, oila jamiyatnig bir bo‘lagi ekanligi tushuntirildi.
Komissiya a’zolari oilalarning muammolarini muhokama qildi. Ajrim uchun sabab topilmaganligi e’tirof etilib, oilalarga yarashish uchun belgilangan tartib asosida muddat berildi.
O'zbekcha
Русский
English