Ochiq eshiklar kuni: “Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi

11.12.2025 / 31

 Yunusobod tumani hokimligida “Korrupsiya taraqqiyot kushandasi” mavsusida ochiq eshiklar kuni o‘tkazildi. Unda tumanning turli soha va idoralaridan mas’ul xodimlar, huquqni muhofaza qilish organlari vakillari, xalq deputatlari tuman kengashi deputatlari, shuningdek, mahalla fuqarolar yig‘ini raislari, O‘zbekiston 24 telekanali, Yoshlar kanali, UzA hamda va blogerlar ishtirok etdi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga korrupsiyaning jamiyat taraqqiyotiga yetkazayotgan salbiy oqibatlari, ushbu illatning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Tadbirda Yunusobod tumani Adliya bo‘limi bosh yuristkonsuliti A.Sultonmurodov, Mahallalar uyushmasi tuman bo‘limi boshlig‘i X.Mullajonov, Prezident huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi xodimi Q.Sa’dullayev, Adliya katta maslahatchisi A.Qahhorovlar tomonidan ma’ruza qilindi. Unda korrupsiyaga qarshi kurashishning samarali mexanizmlari va aholi o‘rtasida huquqiy madaniyatni oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha yoritib berildi.

Ma’ruzalarda korrupsiyaning barvaqt oldini olish uchun davlat idoralarida ochiqlik va hisobdorlikni kuchaytirish, fuqarolarning huquqiy ongini oshirish muhimligi qayd etildi. Tadbir yakunida korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi vazifa va ustuvor yo‘nalishlar belgilab olindi.

Powered by GSpeech