OBODONLАSHTIRISH ISHLАRI OʻRGАNILDI
Yunusobod tumani hokimi oʻrinbosari D.Yusupov 1-sektor hududidagi “Sobirobod” MFYda “Mahalla yettiligi” bilan obodonlashtirish ishlarini koʻzdan kechirdi.
Oʻrganishlar chogʻida piyoda yurib, obodonlashtirish borasida yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklar koʻrsatib berildi. Mahalladagi koʻp qavatli uylar atrofi oʻtlardan tozalanmagan. Daraxt va buta shoxlari oʻsib, oʻtib qaytuvchilar koʻnglini xijil qiladi. Koʻp qavatli uylarning kirish yoʻlaklari, elektr shitlarida kabellarni tartibsiz holatda. Hokim oʻrinbosari shitlardagi kabellarni tartibga keltirib, energiya tejamkorligini taʼminlash boʻyicha koʻrsatma berib, masʼullarni oʻz ishiga qatʼiy tartib va shaxsiy masʼuliyat bilan yondashish zarurligini eʼtirof etdi.
D.Yusupov, mahallada har bir koʻcha, xonadon, ijtimoiy obʼektlar, savdo va xizmat koʻrsatish binolari, koʻp qavatli uylar atrofini koʻzdan kechirdi. Oʻrganish jarayonida ariq va zovurlarning ichi, irrigatsiya tarmoqlarida obodonlashtirish ishlarini tashkil qilish boʻyicha alohida koʻrsatma berdi.
Аniqlangan muammolarini bartaraf etish hamda mahallada obodonlashtirish ishlarini tizimli tashkil etish yuzasidan masʼullar biriktirilib, qator vazifalar berildi. Kunlik obodonlashtirish ishlari hamda berilgan koʻrsatmalar nazoratga olinadigan boʻldi.
O'zbekcha
Русский
English