OBODONLASHTIRISH HOLATI O‘RGANILDI

18.10.2024 / 175

O‘zbekiston Mahallalar ushyumasi Yunusobod tumani bo‘limi boshlig‘i X.Mullajonov, 1-sektor hududidagi "Xalqabog‘" MFY raisi X.Umarov va "Mahalla yettiligi" bilan obodonlashtirish jarayonlarini ko‘zdan kechirdi.

Hudud 19 ta ko‘p qavatli  uylardan iborat bo‘lib, uylar hududini obodonlashtirish mahalla yettiligiga bo‘lib berilgan. Ular doimiy ravishda hudud tozaligini nazorat qilib bormoqda.

Mahallada ko‘p qavatli uylar  oldi toza va ozoda. Maishiy chiqindilarni «Umumfidokorlar» BSK tomonidan olib ketilmoqda. Bunga mahallaning har bir ko‘p kavatli uylarni  aylanish chog‘ida guvohi bo‘ldi. Ammo ayrim  ko‘p qavatli uylar oldida maishiy chiqindilar, butalangan daraxtlarni shox-shabalari yig‘imi bor.

X.Mullajonov obodonlashtirish jarayonlarida yuzaga kelgan kamchiliklarni ma’sullarga ko‘rsatib o‘tdi. Shundan so‘ng mahalla raisi boshchiligida hududda obodonlashtirish vaqtida yig‘ilib qolgan xashak va shakl berilgan daraxtlarning shox-shabbalar “Marjona  servis” BSK ishchi xodimlari tomonidan olib tashlandi.

Powered by GSpeech