“Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla" dasturi ijrosi o‘rganildi
Yunusobod tumanida “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla" dasturi doirasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan ushbu dastur ijrosini ta’minlash maqsadida Prezident Administratsiyasi vakili, Toshkent shahar prokurori o‘rinbosari U.T.Mamarajabov, Yunusobod tuman prokurori 2-sektor rahbari Ya.A.Abdurahmonov va boshqa mas’ul tashkilotlar vakillari ishtirokida “Yurtobod” mahallasida mahallabay o‘rganish hamda obodonlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
O‘rganish mobaynida, tuman prokurori tashabbusi bilan qayta ta’mirlanayotgan bolalar maydonchasi hamda mavjud muammolar ham o‘rganildi. Shuningdek, tegishli mas’ullarga mahalladagi ko‘p qavatli uylar holatini yaxshilash va hududda obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish yuzasidan topshiriqlar berildi.
O'zbekcha
Русский
English