“Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla" dasturi doirasida keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlar amalga oshirilmoqda.

09.09.2024 / 167

Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan ushbu dastur ijrosini ta’minlash maqsadida Yunusobod tuman prokurori 2-sektor rahbari Ya.A.Abdurahmonov va boshqa mas’ul tashkilotlar vakillari ishtirokida “Uvaysiy” mahallasida mahallabay o‘rganish hamda obodonlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi. 2-sektor tashabbusi bilan 258 umumta’lim maktabi orqa tomonida olib borilayotgan ta’mirlash ishlari hamda mavjud muammolar ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish mobaynida tegishli mas’ullarga mahalladagi ko‘p qavatli uylar holatini yaxshilash va hududda obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish yuzasidan topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

Powered by GSpeech