Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla" dasturi amalda
Yunusobod tumani hokimi B.Abduvaliev ayni paytda "Posira" mahallasida amalga oshirilayotgan katta hajmdagi obodlik, bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.
Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla" dasturi asosida ko‘p qavatli uylar atrofi kommunikasiya tizimlari, infratuzilmalarni yaxshilash choralari ko‘rilmoqda. Mahallada bunday o‘zgarishlar bo‘lishi mahalla aholisi va faollarning yetti uxlab ham tushiga ham kirmaganligi rost.
Tuman hokimi B.Abduvaliev, dasturda belgilangan har bir yo‘nalishda ishlarni sifatli va o‘z muddatida olib borish lozimligiga to‘xtalib, ichimlik suv, issiq suv, tabiiy gaz, elektr tarmoqlari ichki yo‘llar ta'mirlab, zarur qulayliklar yaratish bo‘yicha ko‘rsatmalarini berdi.
Hokim, dastur doirasida aholi uchun sayilgohlar, dam olishi uchun o‘rindiqlarni bunyod etish jarayonlarini ko‘zdan kechirdi. Mutsaddilarga bolalar maydonchalarida turli xildagi atraksionlar, workoutlarng‘ qurish, mahalla yoshlarining sport mashg‘ulotlarida toblanishi uchun barcha qulayliklarga ega o‘yingohlarni bunyod etish bo‘yicha alohida vazifalar berildi.
O‘z navbatida mahallada infratuzilmalar yaxshilanayotganidan odamlar rozi bo‘lib, minnatdorligini bildirmoqda.
O'zbekcha
Русский
English