“Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla" dasturi amalda
Ayni paytda Yunusobod tumanidagi "Posira" mahallasida katta hajmda obodlik, bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda. Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla" dasturi asosida ko‘p qavatli uylar atrofi kommunikatsiya tizimlari, infratuzilmalarni yaxshilash choralari ko‘rilmoqda. Mahallada bunday o‘zgarishlar bo‘lishi odamlarning yetti uxlab ham tushiga ham kirmaganligi rost.
Tuman hokimi B. Abduvaliyev boshchiligida dasturda belgilangan har bir yo‘nalish o‘z muddatida olib borilmoqda. Xususan ichimlik suv, issiq suv, tabiiy gaz, elektr tarmoqlari ichki yo‘llar ta’mirlanib, zarur qulayliklar yaratilmoqda.
Bundan tashqari aholi uchun sayilgohlar, dam olishi uchun o‘rindiqlar o‘rnatilmoqda. Bolalar maydonchalarida turli xildagi atraksionlar, workoutlar, sport mashg‘ulotlarida toblanishi uchun barcha qulayliklarga ega o‘yingohlar, izini yo‘qotgan latoklar ham barpo qilinmoqda.
Mahallada infratuzilmalar yaxshilanayotganidan odamlar rozi bo‘lib, minnatdorligini bildirmoqda.
O'zbekcha
Русский
English