OBOD MАHАLLАLАR — YURTIMIZ KO‘ZGUSI
Yunusobod tumanidagi "Posira" mahallasida katta hajmda obodlik, qurilish, taʼmirlash, bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda. Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla" dasturi asosida ko‘p qavatli uylar atrofi kommunikatsiya tizimlari,obodonlashtirish, infratuzilmalarni yaxshilash choralari ko‘rilmoqda.
Tuman hokimi Boxadir Аbduvaliev hamda Toshkent Аrxitektura va qurilish universiteti rektori Bahrom To‘laganov bilan maxallaning yangi qiyofasi kontseptsiyasini ishlab chiqmoqda. Ular Posira mahallasiga borib, mahallada amalga oshiriladigan loyihalar bilan tanishdi.
Mahallada loyiha asosida ayni paytda mahallada aholi uchun zamonaviy asosda sayilgohlar, maxsus dam olish maskanlari, bolalar maydonchalari barpo qilinmoqda. Bundan tashqari mahalla ichki yo‘llari asfaltlashga tayyorlanib, qurilish ishlari qizg‘in kechmoqda. Piyodalar va velosiped yo‘lakchalari esa zamoanviy asosda barpo qilinadi. Hozirda bolalar maydonchasi, sport maydonchalari, irrigatsiya tarmoqlari, yashil bog‘lar hamda sug‘orish tizimi (poliv) o‘rnatish hamda taʼmirlash ishlari jadal tarzda amalga oshirilib kelinmoqda.
Hokim, ushbu qurilish ishlari loyihasi bilan tanishish jarayonida, bu yerda boshqa mahallalardan farqli o‘laroq, aholining taibat qo‘ynida tinch hordiq va dam olish uchun maxsus alleyani barpo qilishda eʼtibor qaratilishi zarur bo‘lgan jihatlar bo‘yicha tavsiyalarini berdi.
Mahallada bunyodkorlik ishlaridan aholi va faollar rozi bo‘lib, minnatdorligini bildirmoqda.
O'zbekcha
Русский
English