NURONIYLAR "SOGʻLIK UCHUN 5 MING QADAM" TADBIRIDA ISHTIROK ETDI

23.01.2025 / 211


  Yunusobod tumanida haftaning payshanba kunlari "Sog‘lik uchun 5 ming qadam" shiori ostida salomatlik tadbirini o‘tkazish yo‘lga qo‘yildi. Bugun Yunusobod tumani "Nuroniy" kengashi raisi,Xalq deputatlari Yunusobod tuman kengashi deputati I.Ashrapova, "Billur" mahalla raisi A.Rahmatov, "Keksalar maslahat guruhi" a’zolari, faol nuroniylar bilan hamkorlikda "Sog‘lik uchun 5 ming qadam", "Sog‘lom tanda - sog‘ aql" shiori ostida ertalabki badantarbiya va piyoda yurish mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

  Nuroniylar ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlarida ishtirok etishi, ularning salomatligini saqlashga, jismoniy faoliyatga rag‘batlantirishga yordam beradi. Badantarbiya, nafaqat sog‘liqni yaxshilash, balki ruhiy holatni ham mustahkamlashga yordam beradi.

  —Bu kabi tadbirlar, shuningdek, insonlarga faol va sog‘lom turmush tarzini rag‘batlantirishga xizmat qiladi,—deydi Yunusobod tumani "Nuroniy" kengashi raisi,Xalq deputatlari Yunusobod tuman kengashi deputati I.Ashrapova. — Nuroniylar uchun bunday mashg‘ulotlar juda muhim, chunki ularning jismoniy va ruhiy holatini yaxshilashga yordam beradi.

  Gimnastika yoshga qaramay, jismoniy holatni yaxshilash va harakatlar aniqligini saqlash uchun ajoyib mashq. Bu, ayniqsa, mustahkamlash, yurak va mushak tizimini qo‘llab-quvvatlashga yordam beradi.
Gimnastika mashqlari nisbatan yengil va badanga tushayotgan yukni muvozanatli tarzda boshqaradi. Nuroniylar uchun bu harakatlar mo‘ljallangan muvozanatni saqlashga, o‘zgarishlardan xursand bo‘lishga va kunning boshida energiyani tiklashga yordam beradi.

  Ushbu sog‘lomlashtirish tadbirida nuroniylar gimnastika mashg‘ulotlarini o‘tab, mahallada 5000 ming qadam piyoda yurdi. Turli gimnastika mashg‘ulotlarini o‘tab, o‘zida o‘zgarishlarni his qildi. Ular tadbirni tashkil qilganlarga minnatdorlik bildirdi.

Powered by GSpeech