Nuroniylar “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturi ijrosida faollik ko‘rsatmoqda

04.01.2025 / 206

Prezidentimizning 2024 yil 25-noyabrdagi "Kambag‘allikdan farovonlik sari" dasturini amalga oshirishga faol nuroniylarni jalb etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-405 qarori talablariga asosan,  “Nuroniy” jamg‘armasi Yunusobod tumani bo‘limi raisi I.Ashrapova tomonidan tumandagi barcha sektorlardagi MFYlardagi  kambag‘al oilalarga nuroniylar biriktirilib, reja asosida ishlarni tashkil qilib bormoqda.     

Ushbu reja bo‘yicha  3-sektor faollar zalida mahallalaridagi kambag‘al oilaga biriktirilgan nuroniylari bilan davra suhbati tashkil qilindi. Suhbat davomida har bir biriktirilishi rejalashtirilgan nuroniylarni  qarorning mazmun mohiyati bo‘yicha tushunchalar berib, ishlarni nimadan boshlab tashkil qilish yuzasidan kelishib olindi.

Nuroniylar mahallani juda yaxshi biladi. Kimning ijtimoiy ahvoli og‘ir, kim bilan manzilli ishlash kerak? O‘zaro suhbatda har bir nuroniyning oldiga aniq vazifalar belgilab berildi.

Powered by GSpeech