Noqonuniy qurilmalar, obodonlashtirish va murojaatlarni ijobiy hal qilish masalalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.

24.01.2025 / 171

Yunusobod tumani hokimi Boxadir Abduvaliyev boshchiligida noqonuniy qurilmalar, obodonlashtirish va murojaatlarni ijobiy hal qilish masalalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda hududda noqonuniy ravishda qurilgan binolar va inshootlarni aniqlash, qonunbuzarlikka yo‘l qo‘ymaslik uchun hokimlik va huquqni muhofaza qiluvchi organlar o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

Hokim B.Abduvaliyev, tadbirkorlar va aholi o‘rtasida qurilishning qonuniy asoslari to‘g‘risida tushuntirish ishlarini olib borish, bu borada kunlik ishlarni tashkil etish yuzasidan vazifalar berdi.

Muhokamalarda hududdagi mahalllar, markaziy va shox ko‘chalar, istirohat bog‘lar, savdo va xizmat ko‘rsatish maskanlari, bozorlar, hiyobonlar va jamoat joylarini kunlik obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish zarurligi e’tirof etildi.

Yig‘ilishda hokimlikka kelib tushayotgan murojaatlarni tezkorlikda ko‘rib chiqish uchun maxsus ishchi guruhlar tuzish, murojaatlarni elektron tizimlar orqali qayd etish va ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. B.Abduvaliyev, fuqarolarning muammolarini hal qilishda hokimlik xodimlarning mas’uliyatini oshirish, murojaatlar bo‘yicha aholini qoniqtiruvchi natijalarga erishish uchun tezkor choralar ko‘rish bo‘yicha alohida topshiriq berildi.

Yig‘ilishda yakunida ijro intizomini oshirish uchun mas’ul xodimlar o‘rtasida vazifalar taqsimot qilinib, ijrosi nazoratga olindi.

Powered by GSpeech