NOQONUNIY QURILMALAR BARTARAF QILINMOQDA
Yunusobod tumani hokimligi, tuman obodonlashtirish bo‘limi, tuman FVB, Milliy gvardiya, Kadastr agentligi, tuman MIB, tuman SES hamkorlikda noqonuniy qurilmalarni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.
Ishchi guruh tuman hududidagi jamoat joylarida, xususiy mulklarda yoki yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olgan shaxslarni aniqlab, qurilmalar qurilishga doir qonunchilik yoki shaharsozlik talablariga zid ekanligini tushuntirmoqda.
Qurilmalar egalariga ogohlantirish berilib, mas’ullar tomonidan qurilish materiallari chg‘qindilari va joylar tozalalanmoqda.Bundan tashqari yer maydonlari qaytadan boshlang‘ich holatiga keltirish choralari ko‘rilayapti.
Natijada hududdagi noqonuniy faoliyat kamaytirilib, shaharsozlik qoidalariga rioya etilishi ta’minlanayapti.
O'zbekcha
Русский
English