NOGIRONLAR KUNI MUNOSABATI BILAN BAYRAM TADBIRI TASHKIL ETILDI
Bugun Yunusobod tumani hokimligi tashabbusi bilan “Shoxsaroy” restoranida "3-dekabr Xalqaro nogironlar" kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.
Xabaringiz bor BMT tomonidan 3 dekabr – Xalqaro nogironlar kuni, deb e’lon qilingan. Har yili Yunusobod tumanida ushbu sana katta tantana bilan o‘tkazib kelinadi. Bu galgi bayram tadbirida Yunusobod tumanidagi Nogironlar jamiyati, Karlar jamiyati, Ko‘zi ojizlar jamiyati a’zolari taklif etildi. Unda tuman hokimi o‘rinbosarlari, faol nuroniylar, nogironligi bo‘lgan shaxslar ishtirok etdi.
Tadbirda so‘z olgan tuman hokimi o‘rinbosari D.Muhsimova, Mahallalar uyushmasi tuman bo‘limi boshlig‘i H.Mullajonov, falsafa fanlari doktori, professor Jamila Shermuhammedovalar Davlatimiz rahbarining alohida e’tibori va g‘amxo‘rligi, amalga oshirilayotgan islohotlarning markazida inson qadrini ulug‘lash, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qo‘llab-quvvatlash turganligi natijasida taqdir taqozosi bilan nogiron bo‘lib qolgan yurtdoshlarimiz doimiy mehr va e’tiborda bo‘lib kelayotganini qayd etdi.
Bayram tadbirda imkoniyati cheklangan zamondoshlarimiz o‘zlarining matonatli mehnati bilan, shukronalik fazilatlari bilan qolganlarga o‘rnak bo‘layotgani ta’kidlandi. So‘z olganlar Prezidentimiz qarori bilan mamlakatimizda “Saxovat” va “Muruvvat” internat uylarida vasiylikka olingan shaxslarni qo‘llab-quvvatlashga katta e’tibor qaratilayotgani, imkoniyati cheklanganlar uchun tibbiy-ijtimoiy xizmat ko‘rsatishga, ularni zamonaviy eshitish moslamalari, aravachalar va boshqa kerakli jihozlar bilan ta’minlashga milliardlab mablag‘ ajratilayotgani qayd etdi.
Tadbir san’atkorlarning kuy-qo‘shiqlariga ulanib, barchaga bayramona kayfiyat ulashildi.
O'zbekcha
Русский
English