NAVRUZ: YANGILANISH VA YASHARISH BAYRAMI

21.03.2025 / 216

Yunusobod tumani Shayx Shibliy mahallasida yangilanish va yosharish faslining bayrami hisoblanmish Navro‘z sayli tadbirlari bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir Shayx Shibliy mahallasi va 70-maktab ma’muriyati hamkorligida katta tashkil etildi.

Tadbir davomida milliy kuy-qo‘shiqlar yangradi, milliy raqslar ijro etildi. Shuningdek, tadbirda sport musobaqalari ham o‘tkazilib, o‘g‘il bolalar arqon tortish, qizlar esa valeybol o‘yinida o‘z mahoratlarini sinab ko‘rishdi. Bolalar va yoshlar uchun varrak sayli tashkil etildi va barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

Tadbirda milliy taomlar, sumalak, hashar qilib tayyorlangan osh va shirinliklar bayramga yanada fayz baxsh etdi.
Shuningdek, mahalla faollari va keksa fuqarolar so‘zga chiqib, Navro‘zning mohiyati, uning birlik va do‘stlik ramzi ekanligini alohida ta’kidlashdi.

NAVRUZ sayli barchaga quvonch va shodlik ulashib, mehmonlar va mahalla aholisi katta ruhiy kayfiyat bilan uylariga qaytishdi.

Powered by GSpeech