NAVRO‘Z SHUKUHI: "HIGH TOWN CITY" MAJMUASIDA BAYRAM
Ayni paytda Yunusobod tumani hokimligi tomonidan zamonaviy va ko‘rkam “High Town City” savdo-ko‘ngilochar majmuasida Navro‘z bayrami "Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z!" shiori ostida keng nishonlanmoqda. Tadbirda yurtimizga xos bo‘lgan milliy qadriyat va an’analar namoyish etilmoqda. Majmuada hunarmandchilik ko‘rgazmalari, milliy raqs va qo‘shiqlar barchaga bayramona kayfiyat ulashmoqda.
Ayniqsa, xalqimiz sevib iste’mol qiladigan milliy taomlar tayyorlanib, mehmonlarga tortilayapti. Xususan, an’anaviy sumalak va hidi bilan har kimni o‘ziga rom etuvchi ko‘ksomsa pishirilmoqda. Bundan tashqari, osh, sho‘rva, non va non mahsulotlari, halvalar kabi bir qator laziz taomlar ham bayram dasturxonidan o‘rin olgan.
Navro‘zga xos ramziy g‘amxo‘rlik, mehr-oqibat va yaxshilikka undagan ushbu tadbirda Yunusobodliklarning kichikdan kattasigacha bahor nafasini, yangilanish va bag‘rikenglik ruhini his etmoqdalar.
O'zbekcha
Русский
English