NAVRO‘Z SHUKUHI
Yurtimizda qadimiy ayyomlardan biri bo‘lgan Navro‘z bayrami munosabati bilan Yunusobod tumanida mahallamizda mahallalarda, ta’lim maskanlarida bayram tantanalar bo‘lib o‘tdi.
Ayni paytda tumandagi Yurtobod maxallasidagi 133-sonli DMTTda mahalla faollari hamda jajji bolajonlar ishtirokida bayram tadbiri o‘tkazilmoqda. Tadbirda Prezident Adminstratsiyasi mas’ul xodimlari va ishchi guruha’zolari,mahalla faollari, nuroniylar, yoshlar ishtirok etishdi.
Bayram dasturi milliy va zamonaviy ruhda o‘tkazilib, unda san’atkorlar tomonidan konsert dasturlari, kuy-qo‘shiqlar va raqslar namoyish etildi. Shuningdek, bolalar uchun alohida o‘yin-kulgilar, sport musobaqalari tashkil etildi.
Navro‘zga xos bo‘lgan an’analar asosida sumalak tayyorlanib, mehmonlarga milliy taomlar tortilib, hurmat-e’tibor ko‘rsatildi. Yoshu-keksalar Navro‘z bayrami munosabati bilan bir-birlarini tabriklab, ezgu tilaklar bildirishdi.
O'zbekcha
Русский
English