NAVBATDAGI SESSIYA O‘TKAZILDI

15.09.2024 / 205

❇️Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashining navbatdagi II-chaqiriq to‘qson sakkizinchi sessiyasi o‘tkazildi.Unda Yunusobod tumani hokimi B.Abduvaliev, xalq deputatlari tuman kengashi deputatlari ishtirok etdi.

Sessida dastlab, deputatlar kun tartibida masalalarni ovozga qo‘yib tasdiqlab oldi. Kun tartibi bo‘yicha Yunusobod tumani mahalliy byudjetining 2024-yilda shakllangan qo‘shimcha manbalarini xarajatlarga yo‘naltirish to‘g‘risida birinchi masala bo‘yicha Yunusobod tuman hokimining Moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Avazbek To‘laganov hisobot berdi.
⏏️Muhokamalarda mahalliy byudjetning joriy yilda shakllangan manbaalari bo‘yicha batafsil ma'lumot berilib, deputatlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

♻️Keyingi masala Yunusobod tumanidagi davlat tijorat bank boshqaruvchilarining 2024-yilning 6 oy davomida yangi ish o‘rinlarini tashkil etilishi va aholi bandligiga ko‘maklashish dasturlari ijrosi to‘g‘risida bo‘ldi. “Milliy banki”AJ Yunusobod filiali Jahongir Navruzov hamda “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Yunusobod filiali Sanjarbek Yusupovlar ushbu masala bo‘yicha batafsil ma'lumot berdi. Qayd etilganidek, tijorat banklariga biriktirilgan mahallalarda Prezidentimizning tegishli qarorlari asosida mikroloyihalar ishga tushirilib, yangi ish o‘rinlari tashkil qilingan.

▶️Sessiya ishida deputatlar e'tiboriga Yunusobod tumani bo‘yicha “Tashabbusli budjet” jarayoni 2024-yil ikkinchi mavsumida “Ochiq budjet” axborot portali orqali ovoz berish bosqichi yakunlariga ko‘ra “g‘olib” deb topilgan jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish va “Manzilli ro‘yxat”ni tasdiqlash to‘g‘risida masala havola qilindi. Ushbu masala bo‘yicha Yunusobod tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Sherzod Murotaliev tomonidan batafsil ma'lumot berilib, deputatlar tomonidan berilgan savollarga javob berildi.

✨Kun tartibida Yunusobod tuman mahalliy byudjetidan mablag‘ oluvchi tashkilotlar xarajatlar smetasiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi masala ham ko‘rib chiqildi. Yunusobod tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Sherzod Murotaliev ushbu masala yuzasidan hisobot berdi.
⏫Sessiya ishidagi oxirgi masala O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi Toshkent shahar boshqarmasi Yunusobod tuman bo‘limining 2024-yil 6 oy davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti to‘g‘risida bo‘ldi.Ushbu masala bo‘yicha Yunusobod tuman Majburiy ijro bo‘limi boshlig‘i (v.v.b) Abduvoris Abdusamatov hisobot berdi.

⏏️Sessiya kun tartibidagi masalalar bo‘yicha deputatlar o‘z fikrlarini bildirib, xalq deputatlari Yunusobod tuman kengashining tegishli qarori qabul qilindi.

Powered by GSpeech