NAVBATDAGI SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI
Yunusobod tumani hokimi B.Abduvaliyev navbatdagi sayyor qabulini o‘tkazdi. Qabulda hokim o‘rinbosarlari, tashkilot rahbarlari hamda mahallalarda istiqomat qilayotgan fuqarolar ishtirok etdi.
Tuman hokimi har bir murojaatni mutasaddi rahbarlar bilan o‘rgandi.. Qabulda aholi tomonidan ishga joylashish, oilaviy tadbirkorlik ochish, uy-joy, mulk huquqi, subsidiya ajratish, moddiy yordam olish, imtiyozli kredit, yer munosabatlari bilan bog‘liq bildirilgan bir qancha masalalar hokim tomonidan diqqat bilan tinglandi.
Fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalarning aksariyati joyida hal etildi, ayrimlariga huquqiy tushunchalar berildi. Qo‘shimcha o‘rganish va vaqt talab etadigan murojaatlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqish uchun tegishli tashkilotlarga yo‘naltirilib, ijrosi nazoratga olindi.
Qabul davomida fuqarolardan ishga joylashish, mulk huquqi, oilaviy tadbirkorligini rivojlantirish, ta’lim krediti kabi masalalar shu yerning o‘zida bartaraf qilindi. Murojaatchilar orasida oilaviy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yib, mahallasidagi xotin-qizlarni, ishsiz yoshlarning bandligini ta’minlayman deganlari ham bo‘ldi.
Sayyor qabulda har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, alohida nazoratga olindi. Muxtasar aytganda, mazkur sayyor qabul davomida fuqarolarning dardu tashvishlari eshitildi hamda vaqt va o‘rganish talab etiladiganlari ijrosi bo‘yicha mutasaddi idora va tashkilotlarga tegishli topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.
O'zbekcha
Русский
English