Navbatdagi sayyor fuqarolar qabuli o'tkazildi
Yunusobod tumani hokimi Bahodir Abduvaliev tomonidan joylarda aholi bilan bevosita muloqot qilish, ularning muammolarini o'rganish va yechim topish maqsadida o'tkazilayotgan sayyor qabul vaqti-vaqti bilan davom ettirilmoqda. Navbatdagi fuqaro qabul Shayx Shibliy mahallasida bo'lib o'tdi.
Qabul davomida mahalladagi fuqorolar tomonidan ish bilan ta'minlash, uy-joy masalalari, ijtimoiy himoya, tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari, infratuzilma va kommunal xizmatlar holati kabi masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.
Har bir murojaat tuman hokimi tomonidan shaxsan tinglanib, murojaatning mohiyatiga qarab tegishli mas'ul idora va tashkilotlar rahbarlariga aniq vazifalar, muddatlar va manzilli yechimlar belgilab berildi. Murojaatlarning bir qismi qabul jarayonining o'zida joyida hal etildi. Jumladan, ayrim ishsiz fuqorolar ishga yo'naltirildi, tibbiy xizmatlar bilan bog'liq masalalar yuzasidan tegishli tibbiyot muassasalariga yo'llanmalar berildi.
Qabulda ishtirok etgan fuqorolar, o'z muammolariga befarq bo'lmaganlari, ochiq muloqot va tezkor yechimlar uchun hokim va mas'ularga minnatdorchilik bildirdilar.
Sayyor qabul vaqti-vaqti bilan tuman hokimligi tomonidan doimiy ravishda tashkil etilib, ular orqali fuqorolarning muammolarini manzilli hal qilish, davlat organlari va aholi o'rtasida ochiq muloqotni ta'minlash maqsad qilib qo'yilgan.
O'zbekcha
Русский
English