Navbatdagi qabul o‘tkazildi

28.05.2025 / 174

  Yunusobod tumanidagi “Bog‘i Eram” MFYda tuman hokimligi mutasaddilari va Respublika ishchi guruhi ishtirokida fuqarolar uchun navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi. Ushbu tadbirda mahalla fuqarolari tomonidan turli ijtimoiy va iqtisodiy masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi. Xususan, ish o‘rinlari bilan ta’minlash, kam ta’minlangan va nogironligi bo‘lgan shaxslarga ijtimoiy yordam ko‘rsatish, moddiy qo‘llab-quvvatlash, ko‘p qavatli uylar atrofini obodonlashtirish, kommunal xizmatlarning sifatini oshirish, subsidiyalar ajratish hamda uy-joy bilan ta’minlash kabi dolzarb masalalar bo‘yicha keng muhokamalar o‘tkazildi.

  Murojaatlarning ko‘p qismi amalda yechim topishi uchun mas’ullariga aniq topshiriqlar berildi. Jumladan, ish bilan ta’minlanmagan fuqarolar maxsus mehnat yarmarkalariga yo‘naltirildi, nogironligi bo‘lgan shaxslar davlat tomonidan ajratiladigan moddiy yordam ro‘yxatlariga kiritildi.

  Shuningdek, ijtimoiy himoya tizimini kuchaytirish, uy-joy muammolarini hal etish va boshqa muhim ijtimoiy masalalarni bartaraf etish bo‘yicha aniq va amaliy choralar belgilandi. Mutasaddilar murojaatlar bo‘yicha doimiy nazorat o‘rnatishni ta’kidladilar.

  Ushbu qabul fuqarolar bilan bevosita muloqot qilish, ularning ehtiyojlarini chuqur anglash va muammolariga tezkor va samarali yechim topishda muhim qadam bo‘ldi. Sayyor qabul davomida ko‘tarilgan masalalar tizimli ravishda o‘rganilib, natijalari jamoatchilikka muntazam taqdim etiladi.

Powered by GSpeech