Navbatdagi loyihalar yarmarkasi tashkil etildi

14.02.2025 / 155

Yunusobod tumani hokimligi, tumandagi mahallalarga biriktirilgan 16 ta tijorat banklari va hokim yordamchilari bilan hamkorlikda navbatdagi loyihalar yarmarkasi tashkil qilindi. Tadbirda Yunusobod tumani hokimligi masu’llari, mavjud tijorat banklari rahbarlari va mahalliy hokim yordamchilari ishtirok etdi.

Tadbirda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, yoshlarni mazkur sohaga keng jalb qilish va tadbirkorlar tomonidan loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirishning ahamiyati ta’kidlandi. Bu esa tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va yangi ish o‘rinlarini yaratish uchun mahalliy davlat organlari va banklar o‘rtasida yaqin hamkorlikni ta’minlash muhimdir.

Tadbirda Yunusobod tumani hokimligi, tijorat banklari, mahalladagi hokim yordamchilari va boshqa mas’ullar ishtirokida yuzdan ortiq tadbirkor, tadbirkorlik faoliyatini boshlash va o‘zini o‘zi band qilish istagida bo‘lgan loyiha tashabbuskorlari o‘z loyihalarini taqdim etdi. Loyihalarning keng ko‘lamdagi yo‘nalishlariga ko‘ra, kompyuter savodxonligi va xorijiy tillarni o‘qitish kurslarini yo‘lga qo‘yish, sartaroshlik, tikuvchilik, nonvoychilik, issiqxona, mebelsozlik, qandolatchilik va boshqa yo‘nalishlarda tashkil etilgan.

Tadbirda ishtirok etgan tadbirkorlar tijorat banklariga o‘z loyihalarining maqsadi, vazifasi, yaratiladigan ish o‘rinlari haqida batafsil ma’lumot berdi. Tijorat banklari mutasaddilari har bir loyihani qonunchilikda belgilangan tartibda moliyalashtirish uchun batafsil o‘rganib chiqib, kredit shartnomalari imzoladilar.

Muloqot jarayonida ko‘rib chiqilgan boshqa loyihalar bo‘yicha tijorat banklari, hokim yordamchilari va boshqa mas’ullarga tegishli vazifalar belgilab berilib, loyihalarni amalga oshirish uchun dastlabki qadam tashlandi. Ushbu tadbirning natijasi sifatida ko‘plab tadbirkorlarga moliyaviy ko‘mak ko‘rsatilishi va yangi loyihalarning ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

Powered by GSpeech