Navbatdagi loyihalar yarmarkasi o‘tkazildii

24.02.2025 / 254

Yunusobod tumani hokimligi tashabbusi bilan Yoshlar ijod saroyida navbatdagi «Loyihalar yarmarkasi» tashkil etildi. Tadbirda Yunusobod tumani hokim o‘rinbosarlari, tijorat banklari mas’ullari, mahallalardagi hokim yordamchilari hamda tadbirkorlikni boshlash istagidagi fuqarolar ishtirok etdi.

Tadbirga ellikdan ortiq tadbirkor taklif etildi. Ularning aksariyati o‘z biznes loyihalari orqali ish o‘rinlarini ko‘paytirish, mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirish va banklar ko‘magida faoliyatni kengaytirishni maqsad qilib qo‘ygan holda murojaat qildilar. Yarmarkada “Sayhunobod”, “Uychi”, “Zarbdor” va “Gʻijduvon” tajribalari asosida ishlab chiqilgan yuzdan ortiq biznes-reja taklif etildi.

Tadbir davomida tadbirkorlikni rivojlantirish, bank xizmatlaridan samarali foydalanish, bank kreditlari, imtiyozlar va yangiliklar bo‘yicha mutaxassislar tomonidan atroflicha tushuntirishlar berildi. Shu yerning o‘zida biznes loyihalarini amalga oshirish va moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha kelishuvlarga ham erishildi.

O‘tkazilgan «Loyihalar yarmarkasi» mahalliy tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning iqtisodiy faolligini oshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda tuman hududida yangi loyihalarni amalga oshirishga xizmat qiladi.

Powered by GSpeech