NAVBATDAGI LOYIHALAR YARMARKASI O‘TKAZILDI

16.03.2025 / 65

  Yunusobod tumani hokimligi tashabbusi bilan Yoshlar ijod saroyida navbatdagi «Loyihalar yarmarkasi» tashkil etildi. Mazkur tadbir tumanning iqtisodiy rivojlanishiga hissa qo‘shish, mahalliy tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash va yangi biznes g‘oyalarni hayotga tatbiq etishga xizmat qiladi.
   Tadbirda Yunusobod tumani hokim o‘rinbosarlari, tijorat banklari mas’ullari, mahallalardagi hokim yordamchilari hamda tadbirkorlikni boshlash istagida bo‘lgan fuqarolar ishtirok etdi. Iqtisodiy faollikni oshirish va yangi ish o‘rinlari yaratishga qaratilgan mazkur yarmarkaga ellikdan ortiq tadbirkorlar taklif etildi. Ularning aksariyati o‘z biznes loyihalari orqali ish o‘rinlarini ko‘paytirish, mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirish va banklar ko‘magida faoliyatni kengaytirishni maqsad qilib qo‘ygan holda murojaat qildilar.Yarmarka davomida “Sayhunobod”, “Uychi”, “Zarbdor” va “Gʻijduvon” tajribalari asosida ishlab chiqilgan yuzdan ortiq biznes-reja taklif etildi. Tadbirkorlar uchun maxsus ko‘rgazmalar tashkil etilib, ularga o‘z loyihalarini taqdim etish imkoniyati yaratildi. Shuningdek, tadbirda bank kreditlari, imtiyozlar va yangiliklar bo‘yicha mutaxassislar tomonidan atroflicha tushuntirishlar berildi. Biznes loyihalarini amalga oshirish va moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha o‘zaro kelishuvlarga erishilib, tadbirkorlar uchun yangi imkoniyatlar eshigi ochildi.
  “Loyihalar yarmarkasi” mahalliy tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning iqtisodiy faolligini oshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda tuman hududida yangi loyihalarni amalga oshirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatli bo‘ldi. Ushbu tadbir kelgusida yanada keng qamrovli bo‘lib, yangi tashabbuslar uchun mustahkam poydevor vazifasini o‘taydi.

Powered by GSpeech