NAVBATDAGI LOYIHALAR YARMARKASI

15.10.2025 / 59

Yunusobod tumani hokimligi tashabbusi bilan Yoshlar ijod saroyida navbatdagi «Loyihalar yarmarkasi» tashkil etildi. Ushbu tadbirning asosiy maqsadi — mahalliy tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi orasida biznes faoliyatini qo‘llab-quvvatlashdir. Yig‘ilishda Yunusobod tumani hokimining o‘rinbosarlari, tijorat banklari mas’ullari, mahallalardagi hokim yordamchilari, tadbirkorlikni boshlash istagida bo‘lgan fuqarolar.

Mazkur yarmarkaga saksonga yaqin tadbirkorlar taklif etildi. Ularning aksariyati o‘z biznes loyihalari orqali yangi ish o‘rinlari yaratish, mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirish, banklar ko‘magida faoliyatni kengaytirish  maqsadlarini belgillab, tadbir davomida o‘z loyihalari bilan ishtirok etishdi. Yarmarka davomida tadbirkorlar uchun maxsus ko‘rgazmalar va master-klasslar tashkil etildi. Ularga o‘z loyihalarini amalga oshirish uchun bank kreditlari, imtiyozlar, investisiya va moliyaviy qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlari boyuicha atroflicha tushuntirishlar berildi. Shuningdek, tadbir davomida tadbirkorlar va moliyaviy tashkilotlar o‘rtasida o‘zaro kelishuvlar va hamkorlik shartnomalari imzolandi, bu esa yangi imkoniyatlar eshigini ochdi va mahalliy biznes muhitini rivojlantirishga zamin yaratdi.

Tadbir yakunlari bo‘yicha tadbirkorlar o‘z loyihalarini amaliyotga joriy qilish uchun zarur ko‘mak va maslahatlarga ega bo‘ldi. Ushbu yarmarka faqat moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bilan cheklanib qolmay, balki mahalliy aholi va yoshlar uchun tadbirkorlik faoliyatini ilhomlantiruvchi muhim platformaga aylandi.

Powered by GSpeech