Navbatdagi chorak hisobot konserti bo‘lib o‘tdi.
Yunusobod tumani Madaniyat bo‘limi qoshida faoliyat olib borayotgan badiiy havaskorlik jamoalari ishtirokida navbatdagi chorak hisobot konserti yuqori ruhda bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda "Al-Aziz" karnay-surnay jamoasi, "Armug‘on" ashula va raqs ansambli, "Jasorat" ashula va raqs ansambli,"Zamin" milliy estrada guruhi, "Nastarin" estrada vokal ansambli, "Do‘stlik" raqs ansambli hamda"Tarannum"kabi milliy estrada guruhlari o‘zlarining yorqin va ta’sirli chiqishlari bilan sahnada faol ishtirok etdi.
Hisobot konsertida har bir jamoa o‘z yo‘nalishiga xos ijodiy namunalarni namoyish etib, tomoshabinlarda yuqori kayfiyat uyg‘otdi. Milliy an’analar va zamonaviy ijro uslublari uyg‘unlashgan bu konsertda tinglovchilar hunarmandlar mahorati, kuy va raqs san’atining go‘zal namunalari bilan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar.
Tadbir san’at orqali ma’naviy yuksalishga xizmat qiluvchi, iste’dodli ijodkorlar faoliyatini rag‘batlantiruvchi muhim ijtimoiy-mәnaviy maydon sifatida alohida ahamiyat kasb etdi.
O'zbekcha
Русский
English