Muruvvat mahallasida fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazildi

06.01.2025 / 215

Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi 8-Ahmad Donish saylov okrugi deputati Hasanov Baxtiyor Vahapovich bugun Muruvvat mahallasi fuqarolari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida mahalladagi dolzarb muammolar va fuqarolarning murojaatlari tinglandi. Deputat fuqarolarning arzu shikoyatlarini o‘rganib chiqib, masalalarni hal qilish uchun tegishli choralar ko‘rishini bildirdi.

Bunday uchrashuvlar aholining dardini eshitish va ularning turmush sharoitini yaxshilashga qaratilgan amaliy ishlarni yanada samarali tashkil etishda muhim ahamiyatga ega.

Powered by GSpeech