Murojaatlar va ularni qisqa muddatda ijobiy hal qilish bo‘yicha seminar o‘tkazildi.

25.03.2025 / 191

Yunusobod tumani hokimligida Murojaatlar va ularni qisqa muddatda ijobiy hal qilish bo‘yicha seminar o‘tkazildi. Seminarda 40 yaqin idora vakillari, shuningdek, mahalliy hokimiyat organlari, huquqni muhofaza qilish idoralari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Seminarda Yunusobod  tumanida O‘zbekiston Respublikasi "Jismoniy  va yuridik  shaxslar  murojaatlari  to‘g‘risida"gi Qonun  ijrosi, 2025 yilning 3 oyi  mobaynida kelib  tushgan   murojaatlarni  tahlili, asosiy e’tiborni murojaatlarni ijobiy xal  etish  ko‘rsatkichlarini  yaxshilash, fuqarolarni roziligini olishga e’tiborni  qaratish  lozimligi  ko‘rsatib o‘tildi.

Seminarda ishtirokchilarga murojaatlar bilan ishlashning zamonaviy usullari va muammolarni hal qilish bo‘yicha tajribalar hamda amaliy maslahatlar berildi. Tadbirda, shuningdek, davlat organlari va fuqarolar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish va ularning manfaatlarini qondirishning samarali yo‘llari muhokama qilindi. Ishtirokchilar mavjud muammolarni hal qilish bo‘yicha o‘z fikr va tavsiyalarini bildirishdi.

Seminarning yakunida qatnashchilar murojaatlar bilan ishlashning yangi metodlari va taktikalarini o‘rganib, ularni amaliyotda qo‘llash bo‘yicha o‘zlarining vazifalarini belgilab oldilar. Tadbirdan olingan natijalarga ko‘ra, kelgusida fuqarolar bilan ishlash sifatini yanada yaxshilash va murojaatlarni tezkorlik bilan hal qilish uchun yangi mexanizmlar ishlab chiqiladi.

Powered by GSpeech