Munosabat: Yunusobod tumani 1-mavzesidagi 1- va 4-uylarga kiradigan asosiy yo‘llar abgor holatda ekanligi ta’kidlangan

25.06.2025 / 90

  Telegram kanallardan birida Yunusobod tumani 1-mavzesidagi 1- va 4-uylarga kiradigan asosiy yo‘llar abgor holatda ekanligi ta’kidlangan post joylandi. Mazkur holat bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qilamiz:
   Joriy yilning boshidan boshlab Yunusobod tuman hokimligi tomonidan tumandagi markaziy va shox ko‘chalar bosqichma-bosqich ta’mirlanayotganligi borasida muntazam ishlar olib borilmoqda. Ayniqsa aholi ko‘p istiqomat qiladigan hududlarda yo‘l infratuzilmasini yaxshilashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
   Postda aytilgan 1-mavze, 1-va 4-uylarga kiradigan yo‘llarning holati o‘rganildi va ushbu yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha reja ishlab chiqildi. Yaqin kunlarda ushbu yo‘llarda ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi, bu orqali yo‘llar sifatli va barqaror holatga keltiriladi.
   Yunusobod tuman hokimligi aholining murojaatlari va ehtiyojlarini inobatga olgan infratuzilmani takomillashtirishga alohida ahamiyat qaratib kelayotganligini ma’lum qilamiz.

Powered by GSpeech