MUNOSABAT: MILLATLARARO TOTUVLIK TA'MINLANMOQDA
NATALIYA VOROPAYEVA
Xalq deputatlari Yunusobod tuman kengashi deputati
Kuni kecha Quyi palata majlisida Davlatimiz rahbari tomonidan yurtimizda ko‘p sonli millat va elat vakillari ahil-inoqlikda yashab kelayotgani, bugun ular ham davlat boshqaruvida faol ishtirok etayotganligi xususida muhim fikrlar bildirildi. Darhaqiqat, men ham mana shu Vatanda tug‘ildim. Shu vatanni fuqarosiman. Ayni paytda davlat va jamiyat boshqaruvida ishtirok etayapman. Joriy yilgi saylovlarda O‘zbekiston Ekologik partiyadan xalq deputatlari Yunusobod kengashiga saylandim. Bu zimmamga katta mas’uliyat yuklaydi.
Majlisda davlatimiz rahbari Oliy Majlis va mahalliy kengash deputatlari vatanparvar bo‘lishi, vijdonli odam bo‘lishi kerakligini ta’kidladi. Bu biz tuman kengashi deputatlarini ham ruhlantirib, tumanimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga ruhlantiradi. Ana shunday katta shijoat,intiluvchanlik, yangicha yondashuv asosida ish boshlashga undovchi so‘zlar hayotim va faoliyatimda menga dasturilamal bo‘lishiga ishonaman.
O'zbekcha
Русский
English