MUNOSABAT: Deputatlar oldida turgan ulkan ishonch va mas’uliyatni his qildim

22.11.2024 / 177

BAXTIYOR MAHKAMOV
XALQ DEPUTATLARI YUNUSOBOD TUMAN KENGASHI DEPUTATI

  -Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida Davlatimiz rahbari bugungi va ertangi taraqqiyotimiz haqida kuyinib gapirdilar. Bilasizmi, Prezidentimiz dasturiy ma’ruza desam yanglishmayman. Chunki, unda ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy sohalarda olib boriladigan islohotlar qamrab olingan. Har bir yo‘nalishda aniq, tizimli chora-tadbirlar belgilab olinganligi ko‘rsatildi. Ma’ruzada tadbirkorlik sohasini rivojlantirish borasida amalga oshiriladigan dasturlarga alohida to‘xtaldilar. Darhaqiqat, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik iqtisodiyotimizni rivojlantirish, aholi turmush farovonligini oshirishda yetakchi kuchga aylanganligiga har birimiz o‘z hayotimiz misolida guvoh bo‘lib turibmiz. Bu masalaga O‘zbekiston "Tadbirkorlar va ishbilarmonlar xarakati Liberal-Demokratik" partyasi saylovoldi dasturida alohida e’tibor qaratilgan edi.

Davlatimiz rahbari Yangi Hukumat, barcha rahbarlar birgalikda qattiq ishlab, islohotlar shiddatini pasaytirmasdan, ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy hayotimizdagi o‘zgarishlarni jadal davom ettirsa, 2030 yilga borib, iqtisodiyot hajmini 200 milliard dollarga yetkazish mumkinligiga ishonch bildirildi. Bu natijani ta’minlash orqali aholining turmush darajasi va sifatini keskin yaxshilashga erishiladi.


Prezidentimiz 2025 yilni - “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” belgilangan eng muhim vazifalar bo‘yicha davlat dasturini ishlab chiqilishini aytib, vazirlik va idoralarga alohida ko‘rsatmalarini berdilar. Ushbu dasturda “yashil” texnologiyalarni joriy etish, suvni tejash, ko‘kalamzor hududlarni keskin ko‘paytirish, Orol fojiasining oqibatlarini yumshatish, chiqindilar muammosini hal qilish, eng muhimi, aholi salomatligini mustahkamlash kabi masalalar ustuvor ahamiyat kasb etishi zarurligi ta’kidlandi.
Davlatimiz rahbarining nutqini diqqat bilan tinglab, tuman kengashi deputatlar oldida turgan ulkan ishonch va mas’uliyatni his qildim. Xususan, qabul qilinadigan dasturlar ijrosini ta’minlashda deputatlik nazoratini olib borish, doimiy komissiya, sessiya kun tartiblarida ko‘rib chiqishimiz zarur. Barcha deputatlar hozirdanoq o‘z alohida chora-tadbir ishlab chiqib, vazifalarini belgilab oldilar.

Powered by GSpeech