MUNOSABAT: “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yili
Nurillo Muhsimov, Xalq deputatlari Yunusobod tuman kengashi deputati
—O‘tgan hafta boshida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining saylovdan keyingi birinchi majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu muhim anjumanlarda davlatimiz rahbari dasturiy nutq so‘zladi. Bilasizmi, Davlatimiz rahbari har gal mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy,barqaror rivojlanish masalalarga daxldor masalalarni ko‘targanlarida, jonajon vatanimiz ravnaqini ta’minlashga sidqidildan xizmat qilishi kerakligini uqtiradi. Bu galgi yig‘ilishlarda ham yaqin istiqboldagi rejalar uchun muhim tashabbuslar ilgari surildi. Bu dasturiy ma’ruzalarni Oliy Majlis va xalqimizga navbatdagi Murojaatnomasi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Yunusobod tuman kengashi deputatlari ham har bir ma’ruzani diqqat bilan tinglab, unda bildirilgan tashabbuslar,g‘oya va fikrlarni keng jamoatchilik o‘rtasida targ‘ibot qilayapti. Prezident nutqi jamoatchilik tomonidan ko‘tarinki ruhda qarshi olindi.Ayniqsa, kelgusi yilni yurtimizda “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yili deb e’lon qiliganligia to‘xtalmoqchiman.
Davlatimiz rahbari ekologik barqarorlikni ta’minlash, atrof muhitni saqlashga alohida e’tibor qaratmoqdalar. Majlisda bugungi kunda “yashil” energetika iqtisodiyotimiz drayverlaridan biriga aylanayotganiga alohida urg‘u berdi. Bu shunchaki gap emas, so‘ngi yetti yil ichida amaliyotda atrof-muhit musaffaligini saqlash bo‘yicha yirik loyihalar amaliyotga tatbiq qilindi. Buni hayotimizda ko‘rib, bilib,anglab turibmiz. Birgina misol, bundan uch yil avval boshlangan “Yashil makon” umummilliy loyihasi hozirgi kunga kelib chinakam xalq harakatiga aylandi.
“Yashil makon” umummilliy loyihasida ona tabiatni, atrof muhit musaffoligini ta’minlashdek ezgu maqsadlar mujassam. Mazkur loyiha doirasida Yunusobod tumani hokimligi tomonidan ko‘chat ekish, bog‘ yaratish, yashil maydonlarni kengaytirish tadbirlarini olib borish an’anaga aylandi. Birgina joriy yil davomida tumanda 84 072 tup manzarali va mevali daraxtlar, buta ko‘chatlari ekish rejalashtirilgan. Hokimlik tomonidan har bir tashkilot va korxonalar kesimida daraxt ko‘chatlarini ekish bo‘yicha manzilli dasturliri ishlab chiqilgan.
2024 yil bahor mavsumida – 46 464 tup daraxt va buta ko‘chatlarini ekish belgilangan. Amalda esa 64 ta MFY hududlariga va markaziy shox ko‘chalarga jami – 55 470 tup, ya’ni rejaga nisbatan - 119,4 % ko‘proq daraxt va buta ko‘chatlari ekildi. Albatta, yillar o‘tib ekilayotgan bu ko‘chatlar, tevarak atrofni yashillikka burkaydi.
Bu esa tumandagi mahallalarga fayz bag‘ishlovchi yashillikka burkangan hududlar barpo etilishi bilan birga, poytaxt iqlimini moʻtadil saqlashga, pirovardida ona tabiatimizni asrash, aholimiz salomatligini yaxshilash, xalqimizning farovonligini ta’minlashga xizmat qilishi shubhasiz. Ushbu dastur qator hududlarda ekologik vaziyatni yaxshilashga xizmat qilmoqda.
Yana bir muhim jihati, “yashil” energetikaga o‘tish iqtisodiyotimizda asosiy o‘ringa ko‘tarilmoqda. Prezidentimiz nutqining so‘ngida biz, deputatlar va Hukumatimiz a’zolari, kattayu kichik barcha rahbarlarga qarata belgilab berilgan ulkan vazifalarni amalga oshirishda fidoyilik va namuna ko‘rsatib mehnat qilishimiz kerakligini so‘radilar. Bundan tegishli xulosa olib, Yunusobod tumani hokimligi hamda Xalq deputatlari Yunusobod tuman kengashi deputatlari bu chorlovga bir yoqadan bosh chiqarib,tashabbusni qo‘lga olib javob berishimiz kerak.
O'zbekcha
Русский
English