MUNOSABAT: 2025 yilni - “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili”

20.11.2024 / 386

YeM ALEKSANDR
Xalq deputatlari Yunusobod tumani kengashi deputati

— Kuni kecha Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida 2025 yilni - “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” deb e’lon qildi. Bugun butun dunyoda ekologik barqarorlikni saqlash, energiya manbalarini yangilash, chiqindini kamaytirish va tabiiy resurslarni saqlab qolish dolzarb masalalardan biriga aylangan. Jumladan, O‘zbekiston ham iqlim o‘zgarishi, havo va suv ifloslanishi kabi jiddiy ekologik muammolarga duch kelmoqda. Atrof-muhit masalasini asosiy kun tartibiga olib chiqish davlatimizga ayni masalarni bartaraf qilish imkonini berdi, jamoatchilikda esa tabiatga e’tiborni kuchaytiradi. Ta’biri joiz bo‘lsa, atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyotga o‘tish respublikamizga xalqaro hamjamiyat bilan yaqin aloqalar o‘rnatishga yordam beradi.
Davlatimiz rahbarining ma’ruzasini tinglar ekanman, “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili”da nafaqat ekologik vazifalar hal qilinadi, balki iqtisodiy barqarorlik sari navbatdagi qadam tashlanib, yurtimiz farovonligi yanada barqaror bo‘lishiga amin bo‘ldim. Yil davomida atrof-muhit muhofazasi yo‘lida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar zamirida kelgusi avlodlar uchun munosib hayot sharoiti yaratishdek ezgu maqsad mujassam. Xalq deputatlari Yunusobod tuman kengashi deputatlari oldimizga qator vazifalarni belgilab oldik. Ushbu ulkan bunyodkorlik g‘oyalaridan kuch olib, bor imkoniyatimizni tumanimiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojini ta’minlashga safarbar qilamiz.

Powered by GSpeech