MUNOSABAT
Yunusobod tumani, 9-mazve 99-uy manzilida "Oriyent Trust” MCHJ tomonidan olib borilayotgan qurilish ishlari Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasi mutaxassislari tomonidan o‘rganilgan holda quyidagi maʼlumotlarni taqdim etadi:
O‘rganishlarga ko‘ra, Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasi Yunusobod tumani qurilish bo‘limi tomonidan 2023-yil 28-dekabrdagi 209-sonli bayoning ijobiy xulosasiga asosan “O‘z yer uchastkastda pastki qavatlarida savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish majmuasi joylashgan ko‘p kvartirali turar joy binolari qurish uchun 1726266-148757-sonli ruxsatnoma berilgan.
Mazkur ruxsatnomaga muvofiq, Toshkent shahar Qurilish Bosh boshqarmasi tomonidan 2023-yil 30-dekabrdagi 1726-1726266-101528-sonli Arxitektura rejalashtirish topshirig‘i ishlab chiqilgan hamda “Mahkam Building” MCHJ tomonidan ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlari mutasaddi tashkilotlar jumladan, Yunusobod tumani favqulodda vaziyatlar bo‘limi hududiy Yong‘inga qarshi nazorat xizmati, hududiy Sanitariya-epidemiologiya xizmati tomonidan berilgan ijobiy xulosalariga asoslangan holda, Toshkent shahar Qurilish Bosh boshqarmasi loyiha-smeta hujjatlarini kelishish bo‘yicha Arxitektura va shaharsozlik Kengashi ishchi organining 2024-yil 31-maydagi 03-25 TSHX bayoniga asosan 2024-yil 31-may kuni 62814-sonli xulosasi bilan loyiha-smeta hujjatlarini davom ettirish uchun kelishib berilganligini maʼlum qilamiz.
O'zbekcha
Русский
English