MUDDATLI VA SAFARBARLIK CHAQIRIGʻI REZERVI HARBIY XIZMATIGA CHAQIRUV TADBIRLARI BOSHLANDI
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruvi hamda belgilangan xizmat muddatini o‘tab bo‘lgan muddatli harbiy xizmatchilarni Qurolli Kuchlar rezerviga bo‘shatish to‘g‘risidagi 2025 yil 29 yanvardagi PK-31-sonli qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Yunusobod tumanida chaqiruv yoshidagi yigitlarni muddatli va safarbarlik chaqiruvi rezervi harbiy xizmatiga yuborish tadbirlari boshlandi.
Chaqiruv tadbirlari 2025 yilning mart va aprel oylarida bo‘lib o‘tadi. Ushbu tadbirlar doirasida chaqiruvga loyiq yoshlar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, jismoniy va ruhiy holatiga qarab tanlab olinadi. Shuningdek, harbiy xizmatga yo‘llanadigan yoshlar uchun Vatan himoyachisi sifatidagi mas’uliyat va burch haqida tushuntirish ishlari olib boriladi.
Yunusobod tumanidagi chaqiruv yoshidagi barcha yigitlarni o‘z konstitutsiyaviy burchlarini sidqidildan bajarishga, Vatan himoyasiga mas’uliyat bilan yondashishga chaqiramiz!
O'zbekcha
Русский
English