MTT SANITAR HOLATI O‘RGANILDI

21.01.2025 / 177

Yunusobod tumani tumani SEOJS bo‘limi boshlig‘i Z.Qodirov, 2-sektor, Yurtobod MFY hududidagi 133- DMTT da issiqlik rejimi va oziq-ovqat sifati o‘rganildi.

MTTning sanitariya holatini o‘rganish jarayonida bino va xonalar tozaligi, pol, devorlar, oynalar, jihozlar sanitar holati ko‘zdan kechirdi. Shuningdek, oshxonada mahsulotlarni saqlash va ishlov berish sanitar talablarga javob berishini tekshirildi.

Hojatxonalar va qo‘l yuvish joylarining sanitar holati, oziq-ovqat xavfsizligi, ovqat tayyorlash qoidalariga rioya qilish,muddati o‘tgan mahsulotlardan foydalanish holatlarini yo‘l qo‘ymaslik, bolalar yotoqxonasi va o‘yin maydonchalarining holati ham o‘rganildi. O‘rganish natijasida
aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Z.Qodirov, Yurtobod MFY hududini ham ko‘zdan kechirdi. Mahalla yettiligiga ko‘p qavatli uylar atrofini maishiy chiqindilardan kunlik tozalash, bolalalar maydonchalari, ariqlar ichini toza saqlash bo‘yicha ko‘rsatma berdi.

Powered by GSpeech