Минор маҳалласига раис сайланди
Yunusobod tumanida mahalla raisligiga saylovlar davom etmoqda. Bu jarayon mamlakatimizda demokratik jarayonlarning mustahkam poydevor topayotganidan, fuqarolarning jamiyat hayotidagi faol ishtiroki va o‘z taqdiriga befarq emasligidan dalolat beradi.
Minor mahalla fuqarolar yig‘inida o‘tkazilgan saylov ham aynan shunday fuqarolik mas’uliyatining yorqin namunasi bo‘ldi. Saylov jarayoni ochiqlik, oshkoralik va xolislik mezonlari asosida tashkil etildi. Nomzodlar o‘z dasturlari bilan chiqish qilib, mahallaning kelgusi besh yildagi rivojlanish yo‘nalishlari aytib o‘tdi. Xususan aholi farovonligini oshirish, yoshlar va nuroniylar uchun munosib sharoitlar yaratish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, ekologik holatni yaxshilash, jamoaviy birdamlik va ijtimoiy hamjihatlikni ta’minlashga oid aniq taklif va rejalarini taqdim etdilar.
Saylovda mahalla aholisi faol ishtirok etdi. Natijada, fuqarolarning ishonchi va qo‘llab-quvvatlovi bilan O‘tkir Muxamedjanov takroran mahalla raisi etib saylandi. U mazkur lavozimda yana besh yil faoliyat yuritadigan bo‘ldi.
O‘tkir Muxamedjanov avvalgi rahbarlik faoliyati davomida ham o‘zining mas’uliyatliligi, odilona yondashuvi va amaliy ishlari bilan aholining ishonchini qozongan. Uning rahbarligida mahallada infratuzilmaviy loyihalar amalga oshirilib, jamoatchilik bilan yaqin muloqot asosida bir qator ijobiy o‘zgarishlar kuzatilgan.
Yaqin kelajakda yangi saylangan rais mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti yo‘lida yanada samarali ish olib borishi, aholining muammolariga yechim topish, yoshlar faolligini oshirish va “Faol mahalla – faol fuqaro” tamoyilini hayotga tadbiq etishi kutilmoqda.
O'zbekcha
Русский
English