MILLIY QADRIYATLAR — MILLAT KO‘RKI

18.10.2025 / 57

Yurtimizda milliy an’analar va qadriyatlarni asrab-avaylash, ularni yosh avlod ongiga singdirish maqsadida har juma kuni “Milliy liboslar kuni” etib belgilangan. Shu munosabat bilan Yunusobod tumanidagi “Yoshlar ijod saroyi”da “Milliy Toshkent” loyihasi doirasida “Milliy liboslar — ma’naviyat ko‘zgusi” nomli keng qamrovli madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda milliy liboslar namoyishi, musiqa va raqs san’atiga oid chiqishlar hamda milliy urf-odatlarni targ‘ib etuvchi sahna ko‘rinishlari ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.  “Milliy liboslar kuni” nafaqat go‘zallik va nafosatni, balki millatimiz tarixi, an’anasi va ma’naviyatini yorqin ifoda etuvchi ezgu tashabbus sifatida yurtimizda keng qo‘llab-quvvatlanmoqda.

Yunusobod tumani yoshlari va ijodkorlari ishtirokida o‘tgan ushbu tadbir har bir ishtirokchi qalbida milliy iftixor va g‘urur tuyg‘usini yanada mustahkamladi.

Powered by GSpeech