Milliy liboslar — xalqimizning asrlar davomida ota-bobolarimizdan bizga meros bo‘lib kelayotgan qadriyatlardan biridir
Yunusobod tumanida har juma kuni "Milliy liboslar kuni" etib belgilangani haqida xabaringiz bor. Bu tadbir tumanidagi barcha korxona va tashkilotlarda, ta’lim va tibbiyot muassasalarida amalga oshirib kelinmoqda.
Yunusobod tumani hokimligi xotin-qizlar jamoasi har bir haftalikda namuna ko‘rsatib, milliy liboslarimizning o‘ziga xosligini namoyon etib kelmoqda.
Milliy liboslar — bu ajdodlarimiz mafkurasi, dunyoqarashi va madaniyatini yorituvchi muhim bir atributidir. Shuning uchun, barcha korxona va tashkilotda faoliyat ko‘rsatayotgan xotin-qizlardan milliy liboslarimizni saqlab qolish va ularni targ‘ib etishga hissa qo‘shishlari so‘raymiz.
Barcha fuqarolarni va tashkilotlarni o‘tkaziladigan ushbu muhim tashabbusda faol qatnashishga chaqiramiz.
O'zbekcha
Русский
English