Milliy liboslar kuni nishonlandi
28.03.2025
/
201
Yunusobod tumanidagi Doni Zokirov nomidagi 13-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida "Milliy qadriyatlar" oyligi doirasida milliy liboslar kuni tashkil etildi.
Tadbirda o‘qituvchilar va o‘quvchilar milliy liboslarda ishtirok etishdi. Ushbu tadbir milliy an’analar va qadriyatlarni keng targ‘ib qilish, yoshlarni milliy merosga hurmat ruhida tarbiyalash maqsadida o‘tkazildi.
Tadbir davomida milliy liboslar namoyishi o‘tkazildi. O‘quvchilar tomonidan milliy qo‘shiqlar va raqslar ijro etildi. Hunarmandchilik va an’anaviy san’at namunalari taqdim etildi.
Tashkilotchilar ta’kidlaganidek, bunday tadbirlar yosh avlodning milliy o‘zligini anglashida, tarixiy va madaniy boyligini qadrlashida muhim ahamiyat kasb etadi.
O'zbekcha
Русский
English