МИЛЛИЙ LIBOSLARIMIZ TARGʻIB QILINDI
10.03.2025
/
171
Yunusobod tumanidagi 271-sonli umumta’lim maktabida 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tantanali ertabki saflanish o‘tkazildi. Unda o‘quvchi va o‘qituvchilar milliy liboslarimiz atlas, adraslarni kiyib, ularni asrlar davomida avlodlardan merls bo‘lib kelayotganligini e’tirof etdi.
Tadbirda maktab o‘quvchilari ustozlarini noodatiy va ta’sirli tarzda tabriklashdi. Ushbu bayramona damlar o‘qituvchilar va o‘quvchilar uchun unutilmas xotiralarga boy bo‘ldi.
Maktab o‘quvchi yoshlari ustozlari uchun tayyorlagan "Qalb daraxti" e’tibor markazida bo‘lib, unda yozilgan iliq va samimiy tilaklar barchaning yuziga tabassum ulashdi.
Shuningdek, tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan she’rlar, qo‘shiqlar va sahna ko‘rinishlari ijro etildi.
O'zbekcha
Русский
English