"Metodik mahorat kuni" o‘tkazildi

07.01.2025 / 296

Yunusobod tumanida tayanch sifatida belgilangan 253-sonli DMTTda "Metodik mahorat kuni" mavzusida seminar trening o‘tkazildi. O‘quv kursida 26 nafar direktor o‘rinbosarlari ishtirok etdi. Seminar-trening jarayonida ishtirokchilar tomonidan maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini sifatli tashkil etish, ta’lim-tarbiya jarayonida innovatsiyalar va yangi pedagogik texnologiyalarni joriy etish mavzularida bilim va ko‘nikmalar berildi.

Ma’ruzalarda MTT larida kichik va o‘rta guruhlardagi bolalarda kognitiv, psixomotor va ijtimoiy ko‘nikmalar rivojlantiri bo‘yicha ma’lumotlar berildi. Ochiq muloqotlar mobaynida bolajonlarni rivojlantiruvchi muhitni yaratish, pedagog kadrlar malakasini oshirish, bolalar salomatligini mustahkamlash va ularni sog‘lom va havfsiz ovqatlantirish, raqamlashtirish, bolalarni qamrab olish ko‘rsatkichlarini oshirish bo‘yicha zamonaviy yondashuvlar asosida o‘zaro tajribalar almashildi.

Powered by GSpeech