MЕHR VA SAXOVAT KO‘RSATILDI
24.09.2024
/
159
Yunusobod tumani hokimligi hamda korxona va tashkilotlar, jamg‘armalar tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bo‘lgan shaxslarni moddiy qo‘llab-quvvatlash choralari ko‘rib boriladi.
Ushbu saxovat tadbirlarining nafbatdagisi tuman hokimligi Oila va xotin-qizlar bo‘limi “ONA” Respublika jamoat fondi bilan hamkorligida o‘tkazildi. Unda qiyin vaziyatga tushib qolgan ayollarga mehr va muruvvat ko‘rsatildi.
Tadbir doirasida fond tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bor, yolg‘iz ona boquvchilari hamda qariyalarga oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi.
O'zbekcha
Русский
English